MAPUTU

MAPUTU (1976-y. gacha Lorensu-Markish) — Mozambik poytaxti. Maputu viloyatining maʼmuriy markazi. Mamlakatning jan. qismida, Hind okeanining Delagoa buxtasi sohilida joylashgan. Iqlimi tropik, passatli iqlim. Yillik yogʻin oʻrtacha 780 mm. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 25,5°, iyulniki 18,2°. Aholisi 989 ming kishi (1997). Hind okeani sohilidagi yirik port (yillik yuk ortib-tushirish 10 mln. t).

Afrikani aylanib oʻtiladigan yoʻldagi muhim tranzit punkti. Maputu portidan Zambiya va Zimbabve mamlakatlari ham foydalanadi. T. y. orqali JAR va Zimbabve bilan tutashgan. Port orkali chetga paxta, koʻmir, shakarqand, sizal eksport qilinadi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim sanoat markazi (mamlakat sanoat mahsulotining 55% ishlab chiqariladi). Mashinasozlik, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, poyabzal, toʻqimachilik, yogʻochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Vagonsozlik, kema taʼmirlash, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish korxonalari, tamaki f-kasi ishlab turibdi. Shaxar yaqinida bir necha issiqlik elektr st-yasi qurilgan. Un-t, Mozambik, tarix va b. muzeylar, Milliy kutubxona, botanika va hayvonot bogʻlari bor. Dengiz kurorti. Shahar 16-a. da portugallar bunyod qilgan qishloq oʻrnida vujudga kelgan va bu yerga birinchi boʻlib kelgan portugaliyalik sayyoh nomi bilan Lorensu-Markish deb atalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x