MANYANI

MANYANI (Magnani) Anna (1908.7.3 — 1973.26.9) — italyan aktrisasi. Estradaning komik saxnalarida va fojiaviy spektakllarda ham bir xil muvaffaqiyat qozongan qamrovi keng sanʼatkorlardan. Manyani ijrosida fojiaviylik komediya bilan uytunlashib ketishi, obrazda koʻtarinkilik, keng koʻlamli ulugʻvorlik, noziklik asosiy oʻrin tutadi. «Rim — ochiq shahar», «Yoʻldagi orzular», «Sevgi», «Eng goʻzal», «Roma ona» filmlaridagi rollari bilan jahonga tanildi. Manyani Gollivud filmlari [«Tatuirovkali atir gul» («Oskar» muko-foti), «Yovvoyi shamol» (Gʻarbiy Berlin mukofoti)]da ham suratga tushgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x