MANQALANISH

MANQALANISHburun boʻshligʻi rezanator faoliyatining buzilganligi sababli ovoz jarangdorligining oʻzgarishi va nutq tovushlarini buzib aytish. Manqalanishning yopiq va ochiq xillari farklanadi.

Yopiq Manqalanish surunkali tumov, burunda poliplar, adenoidlar va b. borligidan burundan nafas olib boʻlmaganda yoki nafas olish qiyinlashganda roʻy beradi. Bunda burun tovushlari «M» va «N»ni aytish qiyinlashib, ular «b» va «d» boʻlib eshitiladi (mas, «amma» oʻrniga «abba», «naʼma» oʻrniga «daʼba»). Ovoz boʻgʻilib chiqadi. Qattiq va yum-shoq tanglayda anatomik nuqsonlar boʻlganda ochiq Manqalanish kuzatiladi. Bunda nutq tovushlarini aytishda havoning bir qismi burun boʻshligʻiga kirib, ovoz manqalanib chiqadi, nutq esa tushunarsiz boʻladi. Manqalanishga tugʻma yoki orttirilgan anatomik nuqsonlar sabab boʻlishi mumkin. Yopiq va ochiq Manqalanish, koʻpincha, anatomik nuqsonlar boʻlmaganda ham roʻy beradi; bu funksional Manqalanish deyiladi. Davosi Manqalanishning ikkala xilida ham burun-xal-qumdagi toʻsiq, shuningdek, anatomik nuqsonlar bartaraf etiladi. Bemor logopedik mashgʻulotlar yordamida tuzalib ketadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x