Mango guruhi — Traktor

Hey Zulfizar, otangda traktor,
Mening otamda traktor,
Kel endi tirillatib to`y qilaylik.

Sening akang ham qo`y boqadi,
Mening akam ham qo`y boqadi,
To`yda qo`ylar asqotadi,
Kel endi turmush quraylik.

Uylanmasam bo`lmaydi,
Men sho`rlikni onam uyga qo`ymaydi.
Televizorda chiqdim senga qo`shiq yozib,
Bilaman, senga yulduzligim o`tmaydi.

Zaynabdan ham, Rayhondan ham
O`tar ekansan, Zulfizar.
Qishloqda qiz quribdimi,
Yomonsanku, fe’ling o`jar.

Osmonda bo`lsang, pastga tush,
Qo`y arazni, bo`lma xomush.
To`yimizda o`ynab bersin
Lezginkaga tog`ang Faqish.

Qaramasang qarama,
Men ham senga qaramayman (qaramayman),
Mahallangda traktorda gap otmayman.
O`rtoqlaringdan uyalmagin, Zulfijon,
“Gentra” olsam hech qaysini mindirmayman.

Uylanmasam bo`lmaydi,
Men sho`rlikni onam uyga qo`ymaydi.
Televizorda chiqdim senga qo`shiq yozib,
Bilaman, senga yulduzligim o`tmaydi.

Zaynabdan ham, Rayhondan ham
O`tar ekansan, Zulfizar.
Qishloqda qiz quribdimi,
Yomonsanku, fe’ling o`jar.

Osmonda bo`lsang, pastga tush,
Qo`y arazni, bo`lma xomush.
To`yimizda o`ynab bersin
Lezginkaga tog`ang Faqish.

Bog`ida qizil anori bor,
Yuzida shirin yanog`i bor,
Ovora bo`lib sovchi qo`ymang,
Zulfizarda mening ko`nglim bor.

Atirguldan gulchambar yasab,
Taqib qo`yay boshlariga.
Buvijonimning kashta rumolin
Osib olsin sochlariga.

Zaynabdan ham, Rayhondan ham
O`tar ekansan, Zulfizar.
Qishloqda qiz quribdimi,
Yomonsanku, fe’ling o`jar.
Osmonda bo`lsang, pastga tush,
Qo`y arazni, bo`lma xomush.
To`yimizda o`ynab bersin
Lezginkaga tog`ang Faqish. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x