Mango guruhi — Maysara

Burama-burama qoshligim,
Jamalak-jamalak sochligim,
Egilib-bukulib choy qo`yar Maysara.
Burama-burama qoshligim,
Jamalak-jamalak sochligim,
Nozlaringni bas qil endi, Maysara.
(Choylar bormi?)

Shakar choy, choy, choy, choy,
Shirin choy, choy, choy, choy.
Ey asal choymi, novvot choymi,
Choy bormi, choy? (x2)

Burama-burama qoshligim,
Jamalak-jamalak sochligim,
Gap gapirsam eshitmaydi,
Choy qo`ymaydi Maysara.

Choy, choy, choy, choy quyaver,
Charchadimku, holim bilaver.
Chanqab keldimku yoningga,
Tezroq choy quy, Maysara.

Shakar choy, choy, choy, choy,
Shirin choy, choy, choy, choy.
Ey asal choymi, novvot choymi,
Choy bormi, choy? (x2)

O`zbekman, udumingdan aylanay,
Choy ichadi erta tongdan tungacha,
Bordi-keldi mehmon bo`ldi.
Samovarda choy damladik, bayram bo`ldi
Maysaraga uylandim man, to`ylar bo`ldi.

Shakar choy, choy, choy, choy,
Shirin choy, choy, choy, choy.
Ey asal choymi, novvot choymi,
Choy bormi, choy? (x2)

Choylar bormi, choylar bormi? (x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x