Mango guruhi — Do’stim

Parcha-parcha bu yurak,
Zolim-zolim bu yurak.
Xoin-xoin bu yurak,
Parcha-parcha bu yurak. (x2)

Yaqin do`stim,
Nega ketding?
Yaqin do`stim,
Tashlab ketding.

Yonimda yurar eding,
Sirimni bilar eding,
Men uchun kuyar eding,
Mening do`stim.

Endi sen yonimdamas,
Qush kabi parvoz etding.
Nahot sen osmondasan,
Mening do`stim?

Ko`zlarim nuri eding,
Yuragim to`ri eding,
Hammadan zo`ri eding,
Mening do`stim.

Mana endi men yolg`iz,
Qoldim ko`zim nurimsiz.
Atrofim zulmat sensiz,
Mening do`stim.

Nega bu yurak,
Nega bu xayol,
Nega bu hayot
Qiynaydi meni?

Yolg`izman yo`limda,
Xotirang dilimda,
Surating qo`limda,
Eslayman seni.

Yaqin do`stim,
Nega ketding?
Yaqin do`stim,
Tashlab ketding.

Hey, hatto osmon yig`lar bo`ldi mening dardimga,
Kechir, balki yetolmadim sening qadringga.
Sening isming yozilgan mening qalbimga,
Eh, mening do`stim.

Nega bu yurak,
Nega bu xayol,
Nega bu hayot
Qiynaydi meni?

Yolg`izman yo`limda,
Xotirang dilimda,
Surating qo`limda,
Eslayman seni.

Yaqin do`stim,
Nega ketding?
Yaqin do`stim,
Tashlab ketding.

Parcha-parcha bu yurak,
Zolim-zolim bu yurak.
Xoin-xoin bu yurak,
Parcha-parcha bu yurak.

Parcha-parcha…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x