MANDALAY

MANDALAY, Mandale — Myanmaning markaziy qismidagi shahar. Mandalay viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi shahar atrofi bilan 5,8 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Transport yoʻllarining muhim tuguni. Iravadi daryosi boʻyidagi yirik port. Ip gazlama, yogʻmoy, taxta tilish sanoati, tay-yor qismlardan avtomobil yigʻish korxonalari, kema taʼmirlash va t. y. ustaxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Qoʻlda shoyi toʻqiladi, yogʻoch va toshdan oʻymakorlik, kulolchilik buyumlari tayyorlanadi. Un-t, in-tlar, kutubxonalar bor. Myanma kino sanoati markazi. Mamlakatning madaniy va liniy markazi. Budda dinidagilar ziyoratgoh joyi. Shaharga 1857-y. da asos solingan (rasmiy nomi pali tilida — Yadanabon — «qimmatbaho toshlar uyumi» degan maʼnoni anglatadi). 1857—85 y. lar myanmaliklarning mustaqil Konbaun davlatining poytaxti boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x