MAMADALIMOV Abdugʻafur Teshaboyevich

MAMADALIMOV Abdugʻafur Teshaboyevich (1947.1.2, Andijon) — fizik olim, Oʻzbekiston FA akad. (2000), fizikamat, fanlari d-ri (1985), prof. (1989). ToshDU ni tugatgan (1969). Oʻzbekiston FA Fizikatexnika in-tida, Polimerlar kimyosi va fizikasi in-tida, Issiklik fizikasi boʻlimida ishlagan (1969—94). OʻzMU prorektori (1994-98), 1989-y. dan OʻzMU prof. Ilmiy ishlari chuqur sathli yarimoʻtkazgichlar va elektroʻtkazuvchan polimerlar fizikasiga oid. Yarimutkazgichlarda chuqur markazlar parametrlarini aniqlashning yangi uslublari — induksiyalangan fotosigʻim, past t-rali fotoelektrik va issiklik fizikasi spektroskopiyalarini yaratgan hamda ularni amalda joriy qilgan, «tabiiy polimer tolalar elektrofizikasi»ga asos solgan. Chuqur sath hosil qiluvchi kirishmalar bilan legirlangan kremniy, paxta va ipak tolalari asosida yangi turdagi elektron asboblar — haroratni, namlikni, yorugʻlikni sezuvchi asboblar, yarimoʻtkazgichli S-diodlar yaratishning fizik asoslarini taklif etgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1992).

As: Teplofizika kremniya, T., 1990; Spektroskopiya glubokix sentrov v poluprovodnikax, T., 1999.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x