MALTA

MALTA — yuqori paleolit davri manzilgohi. Irkutsk sh. dan 85 km gʻarbda, Malta qishlogʻi yaqinidagi Belaya daryosi sohilida joylashgan. 1928-y. M. M. Gerasimov topib, 1959-y. gacha oʻrgangan. Bir paytda mavjud boʻlgan turli xildagi yengil koʻchma turar joylar (chum, yertoʻla, yarim yertoʻla) ochilgan. Malta liklar bugʻu, mamont, junli nosoroglarni ovlashgan. Maltadan suyakdan ishlangan 20 ga yakin ayol maʼbudalari haykalchasi, uchib ketayotgan qushlar surati solingan hayvon suyagi parchalari, juda kup tosh va suyak qurollar (pichoq, igna, paykon) hamda 3—4 yoshli bola skeleti topilgan. Skelet atrofiga qizil oxra sepilgan. Qabr usti 3 ta tot taxta bilan berkitilgan. Qabrdan zebziynat buyumlari, suyakdan ishlangan qush haykalchalar, nayza, sanchqi va b. ashyolar topilgan. Ushbu yod-gorlik ibtidoiy jamiyatning matriarxat davriga oid boʻlib, oʻsha davr hayoti haqida tasavvur beradi.

Ad.: Gerasimov Malta, Malta-paleoliticheskaya stoyanka, Irkutsk, 1931.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x