Maktabgacha ta’lim tashkiloti metodisti ish xujjatlari

Namangan viloyati To’raqo’rg’on tuman MTB tasarrufidagi ___-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida 2019-2020-o’quv yili davomida “Ustoz-shogird maktabi” ish rejasining bajarilishi yuzasidan
H I S O B O T I

____-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagogik jamoasi ko’pchilikni tashkil qiladi. ushbu pedagogik jamoada yosh mutaxasislar ham talaygina. 2019 yil 30 avgust kuni o’tkazilgan 1-sonli pedagogik kengashda yosh mutaxasislar ustozlarga biriktirildi va ular uchun ish rejasi tasdiqlandi. Unga ko’ra shogirdlar quyidagicha ustozlarga biriktirildi:

2019 yilning sentyabr oyida Maktabgacha ta’lim vazirligining “Ilk qadam” Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o’quv dasturi va 2019 yil 15 avgustdagi “Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining ish xujjatlari to’g’risida”gi 183- sonli buyrug’ini o’rganish ishlarini olib bordilar. Bunda ustozlar o’z shogirdlariga ish xujjatlarini qanday tuzishni va uni qanday yuritishni o’rgatib bordilar. Oktyabr oyida esa guruxlarni qanday jixozlash va rivojlantirish markazlarida tarbiyalanuvchilar bilan mashg’ulotlarni o’tish ko’nikmalarini mustaxkamlab bordilar. Guruhlarni bola yoshi va qiziqishlariga va yil fasllarining o’zgarishigi qarab jixozlab turish lozimligini o’rganib oldilar.
Ota-onalar bilan ishlash shakllari va majlislarni o’tkazish tartibi to’g’risidagi ma’lumotlarni noyabr oyi uchun rejalashtirilgan suxbatlarda o’zlashtirib oldilar. O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari orqali bolalar bilimini nazorat qilish ishlarini va bolaning rivojlanish xaritalarining yuritilishini dekabr oyida mustaxkamlab oldilar. Ustozlar o’z shogirdlari bilan muntazam ravishda o’z ustida ishlash yullari, bolalar bilan yakka ishlash usullari bilan o’z shogirdlarini tanishtirib bordilar. Shogirdlar esa muntazam ravishda bo’sh vaqtlari topilgan paytlarda ustoz tarbiyachilarning ishlarini va ularning mashg’ulotga tayyorlanishi hamda mashg’ulotlarni tashkil etishlarini kuzatib, ularni taxlil qilishni ham o’rganib oldilar.
2020 yilning may oyida yozgi sog’lomlashtirish oyligini o’tkazish ya’ni uch oy davomida mashg’ulotlarni qay holatda tashkil etishni, bolalarni chiniqtirishning turli usullarini, bolalar uchun ko’ngil ochish soatlarini tashkil etishni, o’yin maydonchalarida qanday o’yinlarni tashkil etish bo’yicha maslahatlarni oldilar.
Yozgi sog’lomlashtirish mavsumi davomida shogirdlar tomonidan “Qizil qalpoqcha”, “Zumrad va Qimmat”, “Ur to’qmoq” kabi ertaklar sahnalashtirildi. Shogirdlar MTT miqyosida tashkil etilgan ko’ngil ochish soatlarida qaol ishtirok etishdi.
Yangi chiqayotgan O’zbekison Respublikasi Prezidenti va Xukumat qarorlari, Maktabgacha ta’lim vazirligi yuqori tashkilotlardan keladigan xujjatlar bilan muntazam tanishtirib borildi.

UstozPedagogik ish tajribasiShogirdPedagogik ish tajribasi
Nabijonova D28yilG’yosova M2 yil
Boyboboyeva M.25 yilAxadxonova O3 yil
Mamajonova M19 yilNuriddinova U4 yil
Nizomova N14 yilYo’ldasheva I2 yil
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x