MAKLEOD

MAKLEOD (Macleod) Jon Rikard (1876.6.9, Klyuni, Pert, Shotlandiya 1935.16.3, Aberdin) — ingliz fiziologi. 1918-y. dan Kanadada. Aberdin untini tugatgan (1898). Vestern-Rezerv (hoz. Keyz-Vestern-Rezerv), keyinchalik Toronto unti, 1928-y. dan Aberdin unti prof. Bosh miya nafas markazining faoliyatini, tajribada siydikda qand ajralishini, sut kislotasi hosil boʻlishini, shuningdek, qondagi qand mikdorini tadqiq etgan. Ilmiy ishlari uglevodlar metabolizmi va qandli diabetning rivojlanish mexanizmini oʻrganishga bagʻishlangan. Shogirdlar (F. Banting, Ch. Best bilan hamkorlikda) insulinni kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1923).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x