MAHARASHTRA

MAHARASHTRA — Hindistondagi shtat. Hindiston ya. o. ning shim.-gʻarbiy qismida. Mayd. 308 ming km2. Aholisi 97 mln. kishi (2001), aksari maratxdar. Aholisining 80% hindu diniga eʼtiqod qiladi. Maʼmuriy markazi — Mumbay (Bombay) sh. M. ning yer yuzasi togʻlik, sohili kambar pasttekislik. Iqlimi mussonli, sohilida issiq va sernam, ichki r-nlarida quruq iqlim. Dekan yassitogʻligida unumdor qoratuproqyaar uchraydi. Maharashtrada foydali qazilmalardan marganes, temir rudalari, xromit, ohaktosh va koʻmir qazib olinadi. Shtatning jan.-gʻarbida boksit konlari bor.

Maharashtra toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar milod boshlariga oid. Maharashtra hududi qadimda Chaluklar, Bahmaniylar, Ahmadnagar va b. mayda davlatlar tarkibvda boʻlgan. 17-a. ning 60—70-y. larida maratxlar davlati tuzilgan. 18-a. da u mayda hokimliklarga boʻlinib ketgan. 19-a. boshida bu hokimliklarni OstIndiya kompaniyasi bosib olgan. 1950-y. gacha Maharashtraning koʻp qismi Bombay viloyati, 1950-y. dan Bombay shtati tarkibida boʻlgan. 1960-y. da Maharashtra alohida shtat qilib ajratilgan.

Maharashtra — Hindistonning eng rivojlangan shtatlaridan. Aholisining 61% q. x. da band. Shtat paxta (Hindistonda yetishtiriladigan paxta hosilining 1/5 qismi) va yer yongʻoq hosili olishda mamlakatda 1-oʻrinda. Ekin maydonining koʻp qismiga jovar, bugʻdoy, sholi va b. donli ekinlar ekiladi. Shakarqamish ekish kengaymoqda. Ishlanadigan yerlarning 8% sugʻoriladi. Shtat gʻarbidagi 1,5 mln. ga yerda bogʻdorchilik (banan, mango, papayi, kesh yongʻogʻi va b. yetishtirishga ixtisoslashgan) qilinadi.

Maharashtrada mamlakat ishlab beruvchi sanoat mahsulotining 1/4 qismi ishlab chiqariladi. Shtat daromadining 25% sanoatdan keladi. Sanoatining yetakchi tarmogʻi — ip gazlama sanoati (mamlakatda ishlab chiqarilayotgan kalava ipning 25%, gazlamaning 33%). Toʻqimachilik sanoatining eng yirik markazi — Mumbay sh. Shuningdek, shoyi toʻqish (sunʼiy tola i. ch. boʻyicha mamlakatda 1-oʻrinda), oziq-ovqat (shakarqand, yogʻmoy, un tortish va b.), tamaki va qogʻoz sanoatlari ham rivojlangan. Mashinasozlik (stanoksozlik, elektr mashinasozligi, avtomobilsozlik), kimyo (boʻyoqlar, sunʼiy tola, doridarmon va b.) va neft kimyosi sanoati korxonalari bor. Yangi sanoat tarmoqlari, asosan, Mumbay — Txana — Puna sanoat zonasida toʻplangan. Nagpur, Shalapur kabi sanoat markazlari xam mavjud.

Mumbay porti orqali Hindiston importining 1/2 qismi oʻtadi. Shtatda yana 48 port ishlab turibdi. 24 aeroport bor. T. y. uzunligi 5396 km. Shtat elektr energiyasi i. ch. boʻyicha 1-oʻrinda, Tarapurda Hindistonda birinchi atom elektr st-yasi qurilgan. Shtatda 13 oliy oʻquv muassasasi bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x