MAHAMETOV

MAHAMETOV Mahkam (1935.20.5, hoz. Jan. Qozogʻiston viloyati Sayram tumani) — rej., Oʻzbekiston sanʼat arbobi (1999). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1957). 1957— 78 y. lar yordamchi rej., rej., bosh rej., 1978—82 y. lar Sirdaryo teatrida, 1982— 85 y. lar Yosh tomoshabinlar teatrida, 1985—98 y. lar Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida bosh rej., 1998—2000-y. lar va 2000-y. dan shart-noma asosida rej. Mahametov rej. sifatida birinchilardan boʻlib televizion spektakl, televizion badiiy filmni suratga olgan (1961). Shuningdek, «Oʻqituvchi» (P. Tursun), «Davr mening taqdirimda» (A. Muxtor), «Ajal shamshiri» (N. Hikmatov), «Padarkush» (Behbudiy) kabi televizion spektak-llar; «Qoʻshchinor chiroklari» (A. Qah-hor, 3 qismli), «Moziydan bir sahi-fa» (X. Sultonov, 2 qismli), «Amir Muzaffar» (N. Qobil, 2 qismli) kabi videofilmlar hamda «Koʻngil koʻchalari» (M. Boboyev, koʻp qismli) videoserialini yaratdi. Shuningdek, respublikaning turli teatrlarida «Oʻttiz yoshlilar» (M. Boboyev), «Richard Sh» (U. Shekspir), «Oq kema» (Ch. Aytmatov), «Qizbuloq fojiasi» (T. Toʻla), «Ikkinchi tumor» (E. Vohidov), «Qalam qoshligim» (M. Karimov) kabi spektakllarni xam sahnalashtirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x