MAHALLIY SHAMOLLAR

MAHALLIY SHAMOLLAR — tezligi, takrorlanishi, yoʻnalishi va b. meteoreologik elementlari bilan ajralib turadigan shamollar; Yer yuzasining maʼlum r-nlariga xos boʻladi. Mahalliy shamollarning paydo boʻlishiga sabablar: mahalliy topografiya yoki orografiyaning umumiy sirkulyatsiya oqimlariga taʼsiri natijasi (fen, bora va b.); umumiy sirkulyatsiyasidan qatʼi nazar, mahalliy sirkulyatsiyaning (brizlar, togʻvodiy shamollari) mavjudligi; baʼzida uyurma xususiyatlariga ega boʻlgan konveksiyaning (changli boʻron va b.) boʻlishi; umumiy sirkulyatsiya oqimini shu r-nga oidligi (kam namlik, changlanish, past t-ra va b.). Oʻrta Osiyoning jan. da uchraydigan afgʻon shamoli, garmsel, Orol dengizida boʻlib turadigan dovullar va b. Oʻrta Osiyo uchun Mahalliy shamollar hisoblanadi. Mahalliy shamollarlar, koʻpincha, shu joy nomi bilan ataladi: Bekobod shamoli (ursatev shamoli). Boku «nord» i, Novorossiysk «bora»si va h. k. (q. Shamol).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x