MAHALLIY OʻGʻITLAR

MAHALLIY OʻGʻITLAR — bevosita xoʻjaliklarning oʻzidan chiqadigan oʻgʻitlar. Ularga goʻng, goʻng shaltogʻi, koʻpgina organik moddalar, jumladan, oʻsimlik qoldiqlari, xoʻjalik chiqindilari va b. dan tayyorlangan turli kompostlar kiradi. Mahalliy oʻgʻitlar tuproqning fizikkimyoviy va biologik xossasini yaxshilaydi. Uning suv shimishini, fosfatlarning eruvchanligini oshiradi, suvda eriydigan tuzlar migra-siyasini kamaytiradi, oziq elementlarini yuvilishdan saklaydi, Mahalliy oʻgʻitlar mineral oʻgʻitlar b-n birga qoʻllanganda oʻsimlik suv va oziq elementlarini yaxshi oʻzlashtiradi. Mahalliy oʻgʻitlar tarkibida oʻsimlik uchun zarur oziq elementlar (azot, fosfor, kaliy) va barcha mikroelementlar bor. M. oʻ. kuzgi shudgorlashda asosiy oʻgʻitlar sifatida goʻng sepgich mashinada gektariga 20—40 t solinadi.

0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x