MAGADAN

MAGADAN — RFdagi shahar, Magadan viloyati markazi. Oxota dengizining Nagayev qoʻltiqchasidagi port (Nagayevo). Aholisi 121,6 ming kishi (1998). Shahar korxonalarida konchilik asbobuskunalari, yoqilgʻi apparaturasi ishlab chiqariladi, kema, avtomobil, traktorlar taʼmirlanadi. 42 sanoat korxonasi, shu jumladan, qurilish materiallari korxonalari, tikuvchilik f-kasi, koʻnpoyabzal k-ti, TES bor. M. da Uzoq Sharq ilmiy markazining Shimol biologik muammolari in-ti, Shim.-Sharq kompleks ilmiy tadqiqot in-ti, Shim.-Sharq q. x. zonal ilmiy tadqiqot in-ti, Tinch okean baliq xoʻjaligi va okeanografiya in-ti boʻlimi mavjud. Ped. in-ti, politexnika texnikumi, tibbiyot va musiqa bilim yurtlari, 2 teatr, telemarkaz, muzey ishlab turibdi. Avia yoʻnadishlar orqali M. Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk va b. shaharlar bilan bogʻlangan. Kolima traktining boshlangʻich punkti. Magadanga 1930-y. lar boshida asos solingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x