MADRID UNIVERSITETI

MADRID UNIVERSITETI — Ispaniyadagi yirik oliy oʻquv yurti. Alkalade Enares (1508) va Madriddagi Markaziy un-t (1821)larni birlashtirish (1836) natijasida tashkil topgan. 1850-y. dan Madrid universiteti deb ataladi. Falsafa, filol., tabiiy fanlar, huquq, tibbiyot, farmatsevtika, veterinariya, siyosiy va iqtisodiy fanlar, psixologiya va psixotexnika, statistika, stomatologiya, sud tibbiyoti, amaliy yurisprudensiya, qiyosiy huquq, aloqa, dengiz floti, sotsiologiya va b. sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 134 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Kutubxonasida 700 mingdan ortiq asar saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x