MAʼZUMOVA

MAʼZUMOVA Shohida (1907.12.1 – Toshkent — 1988.4.4) — aktrisa, rej., Oʻzbekiston xalq artisti (1950). Toshkentdagi xotinqizlar ped. bilim yurtini (1925), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini (1954) tugatgan. 1925— 29 y. lar ped. bilim yurtida mu-allima. 1929—61 y. larda Hamza teatrida aktrisa. Dramatik, hajviy va oʻtkir satirik, shuningdek, lirik, muhabbat sanamlari obrazlarini yuksak ma-horat bilan ijro etgan. Shulardan Halima («Halima»), ShirinFarhod va Shirin»), Turandot («Malikai Turandot»), Sultonbegim («Jaloliddin»), Sanobar («Hamza»), Muattar («Sharq tongi»), Surmaxon («Yurak sirlari»), Amaliya («Qaroqchilar») va b. M. sahnada yaratgan eng yaxshi obrazlaridir. Rej. sifatida «Yurak sirlari», (B. Rahmon), «Aytsam tilim, aytmasam dilim kuyadi» (O. Yoqubov), «Paranji sirlari» (Hamza) kabi spektakllarni saxnalashtirgan. 1961—88 y. lar Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tida dars bergan.

0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x