LUNIN Boris Vladimirovich

LUNIN Boris Vladimirovich (1906.18.7, Jeneva — 2000.18.10, Toshkent) — tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973), tarix fanlari d-ri (1966), prof. (1970). Shim. Kavkaz Oʻlka arxeologiya, tarix, etn. jamiyati boshqarmasi aʼzosi (1925 — 31), Shim. Kavkaz (soʻngra AzovQoradengiz) Oʻlka byurosining ilmiy kotibi va raisi oʻrinbosari (1926— 37). Shim. Kavkazdagi qator in-tlarda oʻqituvchi (1937 — 41), 1941—53 ylarda armiya safida. Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya in-tida katta ilmiy xodim (1953—68), 1968—88 y. da Oʻzbekiston FA Tarix in-tining boʻlim mudiri, 1988—2000-y. larda bosh ilmiy xodim. Asarlari Oʻzbekiston fan va madaniyati muammolariga oid. «Oʻzbekiston tarixi manbalarda» (rus tilida) nomli 3 jildli kitob tuzgan.

As: Srednyaya Aziya v dorevolyutsionnom i sovetskom vostokovedenii, T., 1966.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x