LINGVISTIK FALSAFA

LINGVISTIK FALSAFA, lingvistik tahlil falsafasi — analitik falsafadagi oqim. Falsa-faning dunyoqarashlik ahamiyatini inkor etib, jamiyatdagi barcha il-latlar tilning tafakkurga salbiy taʼsir koʻrsatishi natijasida sodir boʻladi, deb uqtiradi. Unga koʻra, tah-lilning maqsadi til ifodalari ni aniqlashtirishdan iborat. Lingvistik falsafa bilishning mohiyatini uning tilda — gi shaklidan ajratib qoʻyib, falsafiy va lingvistik tadqiqotlarni qorishtirib yuboradi. Bu oqim 1930-y. larda avstriyalik faylasuf va man-tiqchi Lingvistik falsafa Vitgenshteyn (1889—1951) va ingliz faylasufi J. Mur (1873—1958) gʻoyalari taʼsirida paydo boʻlib, Buyuk Britaniyada rivojlantirildi (G. Rayl, J. Ostin, J. Uisdom, P. Strouson).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x