LEBEDEV Oleg Vladimirovich

LEBEDEV Oleg Vladimirovich (1940.25. 1, Toshkent) — mashinalar mexanikasi sohasidagi olim, Oʻzbekiston FA akad. (1987), texnika fanlari d-ri (1979), prof. (1980). Toshkent irrigatsiya va q. x. ni mexanizatsiyalash muhandislari i-tini tugatgan (1962). Shu in-tda assistent, dotsent (1965—71); ilmiy ishlar boʻyicha prorektor hamda traktorlar va avtomobillar kafedrasida prof. (1971 — 80), VASXNIL Oʻrta Osiyo boʻlimi vitse-prezidenti (1981—87). Oʻzbekiston FA vitse-prezidenti va fizika-mat, boʻlimi raisi (1987—94), Mexanika va inshootlarning seysmik mustaxkamligi in-tida lab. mudiri (1994-y. dan). Ilmiy ishlari gʻildirakli mashinalarning rul boshqarmalari va b. mexanizmlarning gidrodinamika nazariyasi; perspektiv gidrokuchaytirgichlar bosimi manbalarini loyihalash va hisoblash; mashina va mexanizmlarni texnik talablarga asosan sintezlashga oid.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x