LAS-PALMAS

LAS-PALMAS — Ispaniyadagi shahar, Kanar o. lari tarkibidagi GranKanariya o. da. Las-Palmas provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 352,6 ming kishi (1998). Transatlantika aloqalarining muhim tranzit punkti. Xalqaro ahamiyatdagi kema tuzatish va taʼmirlash markazi va bunker bazasi. Baliq ovlanadi. Meva-konserva va baliqni qayta ishlash korxonalari, sanʼat muzeyi bor. Dengiz boʻyi iqlim kurorti. Shaharga 1478-y. da asos solingan. 15-a. ga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x