LAPPAK BALIQLAR

LAPPAK BALIQLAR, skatlar (Batoidei) — akulasimonlar turkumiga mansub baliklarning kenja turku-mi. L .6. ning tanasi yalangʻoch yoki har xil kattalikdagi tangachalar bilan qoplangan, skeleti togʻay. Tanasi yapaloq, kattaligi 6 m gacha, ogʻirligi 4 t gacha. Lappak baliqlar hamma dengiz va okeanlarda keng tarqalgan. Ular Arktika va Antarktikaning sovuq suvlarida va tropik dengizlarning iliq sayoz joylarida uchraydi. Koʻpgina Lappak baliqlar qirgʻoqqa yaqin yerlarda, ayrimlari 2500—2700 m chuqurlikda yashaydi. Baʼzi Lappak baliqlarda elektr organlari boʻladi (elektrli Lappak baliqlar). Amerikada chuchuk suvda yashaydigan turlari ham bor. L. b. ning 230 turi maʼlum. Lappak baliqlarning baʼzilari tuxumdan tirik tugʻadi, ayrimlari tuxum qoʻyib koʻpayadi. Suv osti umurtqasiz hayvonlari bilan oziklanadi. Baʼzi turlari ovlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x