KUYDIRISH

KUYDIRISH (tibbiyotda) , kau-terizatsiya — kasallangan yumshoq yuzadagi toʻqimalarni yuqori t-ra va kimyoviy moddalar (kumush nitrat, qoʻrgʻoshin sulfat, azot, xrom, uch-xlorsirka kislota) taʼsirida yemirish. Soʻgal, kondiloma, qadoqni yoʻqotish, bachadon boʻyni eroziyasi, xavfsiz oʻsmalar (angioma, papilloma, poliplar) va b. ogʻriqli joylarni kuydirib davolash. Baʼzan ilon chaqqanda, quturgan hayvon tishlaganda, shuningdek, qon toʻxtatishda va jarohatlarni davo-lashda Kuydirish usuli qoʻllanadi. Toʻqimalar maxsus apparatlar va har xil kuydi-ruvchi moddalar bilan kuydiriladi. Kuydirishning termokaustika (Paqlen appa-rati), lazer nuri, elektrskalpel, diatermokoagulyatsiya kabi turlari mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x