KUMASI

KUMASI — Gananing markaziy qismidagi shahar. Ashanti viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 390 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Yirik sanoat va madaniyat markazi. Yogʻochsozlik, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Kakaoga ishlov berish korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Shaharga 17-a. da Ashanti qabila boshligʻi Kumasi qarorgohi sifatida asos solingan. 17-a. oxiri 19-a. larda Ashanti davlatining poytaxti boʻlgan. Kumasi tepaliklarda joylashgan. Shaharning shim. qismida afrikaliklar uylari va Ashanti xrki-mining qad. saroyi, gʻarbida savdo va maʼmuriy binolar, eski qalʼa (fort) joylashgan. Un-t, oʻrta maxsus oʻquv muassasalari, Ashanti tarix-etnografiya muzeyi, hayvonot bogʻi, badiiy galereya va b. bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x