KULRANG GʻOʻZA

KULRANG GʻOʻZA [Gossypium incanum Schwars] Hillc.) — yovvoyi gʻoʻza turi. Ge-nomi Ye4, xromosomalar soni 2p=26. Shvars taʼriflab bergan (1935). Faqat Yamanda tarqalgan. Kulrang gʻoʻza tik oʻsuvchi, moKulrang chirish: a — kasallangan chanoq; b — kasallangan koʻsak; v — zamburugʻ sporalari; g — zamburugʻ konidiyalari.

Kulrang gʻoʻza: / — poyaning bir qismi; 2 — shovasi; 3 — koʻsagi; 4 — chanogʻi. nopodial buta boʻlib, boʻyi 1—3 m cha. Poyasi kuchli shoxlangan, qalin, kalta tuklar bilan qoplangan. Hosil shoxlari kuchsiz shoxlangan, 1—3 boʻgʻimli. Barglari 3 boʻlmali, oʻrtacha kattalikda, boʻlmalari keng uchburchaqli. Gullari mayda, qoʻngʻiroq shaklida, gultojibargi och sariq, asosida ensiz kichikroq qizgʻish dogʻlari bor. Kosachasi 5 tishli. Koʻsaqlari mayda, 3 chanoqli, tuxum-simon uchli, sirti tiniq smolali bez-chalar b-n qoplangan. Har bir chanogʻida kulrang-yashil tuklar bilan qoplangan 2 tadan chigiti bor. Kulrang gʻoʻza kam oʻrga-nilgan. Stoke gʻoʻzasi, somali gʻoʻzasi, arabiston gʻoʻzasi va b. goʻzalar bilan erkin chatishadi.

Abdumavlon Abdullayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x