Kozlovskiy Aleksey Fedorovich

Tarjimai hol

Kozlovskiy Aleksey Fedorovich — bastakor, dirijyor, pedagog. Xizmat ko‘rsagan san’at arbobi (1944), O‘zbekiston xalq artisti (1955). Professor (1957).

1905 yil Moskvada rus tili o‘qituvchisi oilasida tug‘ilgan. 1923 yil Moskva musiqa texnikumiga o‘qishga kirib, 1927 yil tamomlaydi. 1928 yil Aleksey Fedorovich Kozlovskiy P. I. Chaykovskiy nomidagi Moskva konservatoriyasining bastakorlik fakultetiga o‘qishga qabul qilinadi. O‘qishni 1931 yil professor N.Ya. Myaskovskiy sinfida bitiradi. Diplom ishi simfonik orkestr uchun yozilgan “Qahramonlik uvertyurasi” bo‘lgan.

Bu mavzuni tanlashi bejiz bo‘lmagan. Bolalikdan A. Kozlovskiyning ijodiy olamiga xalq qahramonligi, alohida shaxslar taqdiri, atrof olam, sovet odamlarining dunyosi va mehnati va ularning qahramonlik timsollar kirib, natijada, bastakorning ushbu uvertyurasida va boshqa asarlarida o‘z aksini topdi. Masalan, “Kolxozlar”, “Xoreografik simfoniya” kabi simfonik syuitalarida, “Do‘stona tepalik”, “Avangard” va “Qaysarning bosilishi” kabi teatr sahna ko‘rinishlari musiqasida bu kayfiyat nomoyon bo‘ladi.

O‘zbekistonga kelishdan avval Aleksey Fedorovich besh yil davomida K. Stanislavskiy va V. Nemirovicha-Danchenkolar nomidagi musiqali teatrda dirijyor bo‘lib ishlaydi. 1936 yil Toshkentga kelib, u quyoshli o‘lkaning tarixiy o‘tmishi va bugunini zavq ila o‘rganib, simfonik, vokal-simfonik va sahna asarlar yaratadi. Rus mumtoz maktabi an’analarini davom ettirib, A. Kozlovskiy o‘zining simfonik asarlarining musiqiy mohiyatida ko‘proq dasturiy-namunaviy mezonlariga e’tibor qaratib, milliy ruhiyati va o‘ziga xosligini saqlagan holda, simfonik orkestrning nozik tovush ranglarini namoyon etadi.

Ushbu uslubdagi asarlari: 13 qismdan iborat “Lola” farg‘onacha simfoniya syuitasi, “Doston”, “Hind poemasi”, “Sug‘diyona fresklari” va “Tanovar”, “Ayniyniyning kitobvazligi haqida” va O‘zbek SSRining 40-yilligiga bag‘ishlangan “Tantana” simfonik poemalari.

Uning ovoz va simfonik orkestri uchun yozilgan “Tanovar”, “Uzgancha”, “Gulyuz-uzra”, “Fig‘on” kabi o‘zbek milliy qo‘shiqlari xalqning chinakam sevgi va e’tirofiga sazovor bo‘lgan. Uning A. Navoiy so‘ziga yozilgan “Ikki qoraqalpoq poemasi” nomli ovoz va simfonik orkestr uchun yozilgan kantatasi va Hamzaning “Ishchilar — uyg‘on”iga yozilgan xor va simfonik orkestr uchun kuy ishlanmasi haqida gapirib o‘tish ham joiz.

O‘z ijodida Kozlovskiy betinim sahnaviy janrlarga murojaat qiladi. Uning qalamiga “Betosh jasorati” (libretto Mirtemir) nomli bir aktli opera mansub. T. Sodiqov bilan hamkorlikda “Davron ota” musiqali dramasini yaratgan (S. Abdulla va K. Yashenlar sahna asari). M. Ashrafiy va S. Vasilenkolar bilan hamkorlikda “Sherali” (X. G‘ulom sahna asari) musiqali dramasini yozadi. M. Gorkiy nomidagi Toshkent rus dramatik teatri uchun 40-yillardan keyingi spektakllar uchun musiqa bastalaydi: L. Leonovning “Tajovuz”, I. Goncharovning “Uzilish”, Tirso de Molinning “Taqvodor Marta” va Yu. Chepurinning “Stalingradliklarga”.

Bu yillarga, shuningdek, “Tohir va Zuhra”, “Xo‘ja Nasriddin”, “Farg‘ona qizi” va “Jarroh” kabi kinofilmlarga yozilgan musiqalari ham tegishli. A. Kozlovskiyning ijodida XV asrning buyuk o‘zbek olimi, insonparvar va diniy aqidaparastlarning qo‘lida fojeali o‘lim topgan ma’rifatparvar timsoliga bag‘ishlangan “Ulug‘bek” operasi (libretto G. L. Gerus-Kozlovskiy) alohida o‘rin tutadi. Keng voqe’ligi, musiqiy dramaturgiyasining xayolan boyligi bois, bu nodir asar sovet opera san’atidan munosib o‘rin egalladi va milliy dramaturgiya rivojiga ulkan hissa bo‘lib xizmat qildi.

A. Kozlovskiyning “Tanovar” (libretto G. L. Gerus-Kozlovskiy) baleti katta muvaffaqiyat qozondi. Asar diniy aqidaparastlarning qurboniga aylangan yosh aktrisa Nurhon timsoliga bag‘ishlangan.

Bastakorning serqirra ijodida alohida o‘rin kichik shakl va musiqiy asboblar, vokal janrlar — qo‘shiq va romanslarga qaratilgan. U xalq qo‘shiqlari va kuylarini to‘plash va yozishga ko‘p kuch va mehnat sarflagan. Uning tomonidan 100 ta ukrain va respublikaning turli tumanlarida 300 ga yaqin o‘zbek xalq qo‘shiqlari, shu o‘rinda, To‘ychi Toshmmuhemedov, Shorahim Shoumarov va Islom Shoir sulolalari hofizlarining qo‘shiqlari ham yozib olingan.

1938 yildan 1941 yilgacha Aleksey Kozlovskiy Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek musiqali opera va balet teatrida dirijyorlik faoliyatini olib boradi, 1949 yildan bir necha yillar davomida O‘zbek filarmoniyasi bosh dirijyori va simfonik orkestrning badiiy rahbari.

1944 yildan A. F. Kozovskiy dirijyorlik faoliyatini Toshkent davlat konservatoriyasida dirijyorlik va kompozitsiya sinflari bo‘yicha pedagogik faoliyati bilan uyg‘unlashtiradi. Professor Aleksey Kozlovskiy uzoq yillar davomida konservatoriyaning kompozitsiya kafedrasiga mudirlik qilgan (1949-71), 1971 yildan cholg‘ulashtirish kafedrasini boshqargan. U ko‘p karra O‘zbekiston bastakorlar boshqarmasi a’zosi etib saylangan.

Ko‘p yillik va ko‘p qirralik faoliyati uchun A.F. Kozlovskiy “Lenin” ordeni, “Buyuk vatan urushidashi qahramonona xizmatlari uchun” medali va O‘zSSR Oliy Kengashi faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan.

“Kommunistlar” qabristoniga (Botkina ko‘chasida joylashgan) dafn etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x