Koronavirus vaksinasini qabul qilish ro‘zani buzadimi?

Koronavirus vaksinasini qabul qilish ro‘zani buzadimi
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Muqaddas ramazon oyi yaqinlashar ekan musulmonlarda koronavirus vaksinasini qabul qilish ro‘zani buzishi haqida xavotirlar yuzaga kelmoqda. Ammo, Buyuk Britaniyalik musulmon bo‘lgan shifokorlarning aytishicha, COVID-19 vaksinasini qabul qilish ro‘za ibodatini buzmaydi.

“Islom ulamolari fikriga ko‘ra, hozirda Buyuk Britaniyada lisenziyaga ega bo‘lgan COVID-19 vaksinalarini qabul qilish ro‘zani buzmaydi. Musulmonlar Ramazon oyi munosabati bilan koronavirusga qarshi emlanishni kechiktirmasliklari kerak” deyiladi Britaniyadagi Islomiy Tibbiy Uyushma bayonotida.
Ramazon oyi islom dinida eng ulug‘ oy hisoblanib, ushbu oyda ro‘za tutish dinning beshta ustunidan biri hisoblanadi. Bu yilgi ramazon oyi 12 apreldan boshlanishi kutilmoqda.
«Teri osti, mushak ichi yoki suyaklar orasiga oziqlantiruvchi bo‘lmagan maqsadlarda ukol qilish ro‘zani buzmaydi. Tananing ushbu qismlari ro‘zani bekor qiluvchi moddalar kiradigan joy deb tasniflanmagan. COVID-19 vaksinasi mushak ichiga yuboriladi va shu sababli ro‘za buzilmaydi” deya qo‘shimcha qildi tibbiyot birlashmasi o‘z bayonotida.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do’stlaringizga ma’lum qiling:

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x