KOPULYATSIYA

KOPULYATSIYA (lot. copulatio — qoʻshilish) — kopulyativ organlarga ega boʻlgan hayvonlardagi jinsiy akt, shuningdek, bunday organlarga ega boʻlmagan organizmlarning (mas, gatteriya, yomgʻir chuvalchangi) jinsiy koʻpayishi vaqtida ikkita individning oʻzaro qoʻshilishi. Tashqi tomondan deyarli yoki butunlay farq qilmaydigan (izogametalar) ikkita jinsiy hujayra (yoki individ)ning qoʻshilish jarayoni ham Kopulyatsiya deb ataladi. Agar erkak organizm gametasi urgʻochi organizm gametasidan keskin farqlansa, u holda bu gametalarning qoʻshilishi urugʻlanish deb ataladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x