Kompyuter qachon o’chirilgan/yoqilgan vaqtlarni bilish

DO`STLARGA ULASHING:

Kompyuter qachon o’chirilgan/yoqilgan vaqtlarni bilish(o’chirib/yoqilishlar tarixi)
#foydali

Windows tizimi, o’zida, tizimga kirilgan va chiqilgan(kompyuter o’chirib/yoqilgan) vaqtlarni saqlab boradi. Qandaydir muammo yoki biror statistikani yig’moqchi bo’lsangiz, bu tarix jurnali sizga ancha yordam beradi, ayniqsa korxonalarda sodir bo’ladigan ko’zda tutilmagan uzilishlarda, kompyuterlarning o’chish vaqtlarini bilish ancha foydali.

Windows 10 va Windows 7 tizimlarida, tizimga kirilgan va chiqilgan tarixni, quyidagi usul yordamida aniqlashingiz mumkin:

1. Win+R → eventvwr.msc va Enter.
2. Hosil bo’lgan oynaning, chap tomonidan «Журналы Windows» → «Система» bandi tanlanadi.
3. Shundan so’ng, o’ng tomondan «Фильтр текущего журнала» bo’limiga kiriladi.
4. Yana bir oyna ochiladi, u yerdan «Источнике событий» degan qismidan «Winlogon» tanlanadi va OK.

Shundan so’ng, oynaning o’rtadagi qismida, tizimga kirilgan va chiqilganlik haqida ma’lumotlar chiqadi, bu ma’lumotlar 7001 va 7002 kodi orqali beriladi.
7001 — tizimga kirilgan vaqt(kompyuter yoqilgan vaqt).
7002- tizimdan chiqilgan vaqt(kompyuter o’chirilgan vaqt).

☝️Eventvwr oynasi orqali, tizimga tegishli ancha-muncha narsalarni aniqlash mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x