KOMIK

KOMIK — hajviy rollar ijro etuvchi aktyor; sahna ampluasi. Komik xalq maydon teatrida markaziy ijrochi hisoblanib, xalq yumori va teran fikrlarini tarqatib yuradi. Mubolagʻa ishla-tib qahramonini koʻproq kulgili qilib koʻrsatadi.

Uygʻonish davri teatrida, ayniqsa, U. Shekspir asarlari (mas, «Qirol Lir») da Komik rollar (ijrochisi masxara deyiladigan) falsafiy va dramatik mazmun b-n boyitilgan. Klassitsizm K. ni tragediya (fojia) janridan chetlashtirdi. Lekin J. Molyerning asarlari (mas, «Skapen nayranglari»)da xalqning aql-zakovatini ifodalovchi, xushchaqchaq qaxramonlar (Skapen va b.) hukmron tabaqalarning kirdikorlarini satira, yumor elementlari orqali fosh qilganlar. Asta-sekin Komikning vazifa va vositalari oʻzgarib, boyib borgan. 19-a. teatrida ijtimoiy satira vazifasi va ayni vaqtda ilgʻor dramadagi insonparvarlik tendensiyalarni ochib berish Komik zimmasiga yuklatilgan. Ayniqsa, 20-a. da Komik sanʼati mazmunan boyib, qayotiylik, chuqur psixologik ijro bilan bir qatorda xalq teatri anʼanalari asosida boyib bordi.

Komik ampluasi oʻzbek anʼanaviy teatri (masxarabozlik, qiziqchilik, qoʻgʻirchoqbozlik) tomoshalarida qadimdan mavjud boʻlgan. Oʻzbek aktyorlik sanʼati hajv va hazil yoʻnalishida rivojlangan. Zokir eshon, Komilqori qiziq, Toʻla masxara, Normat qiziq, Matxolik qiziq, Mizrob masxara, Oxunjon qiziq, Yusufjon qiziq kabi yirik Komik aktyorlar ijod qilganlar. Keyinchalik M. Mirokilov, H. Islomov, R. Pirmuhamedov, S. Xoʻjayev, Gʻ. Aʼzamov va b. xalq masxarabozlik sanʼati tajribalariga suyangan holda oʻz ijro uslublarini yaratganlar. Hoz. kunda ularning anʼanalarini ʼ. Ixtiyorov, E. Karimov, H. Tojiboyev, O. Asomov, M. Xolmedov, B. Muhammadxujayev qabilar davom ettirmoqdalar.

Ad. : K, o d i r o v M ., Masxaraboz va qiziqchilar sanʼati, T., 1971.

Muhsin Qodirov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x