Ko‘krak suti juda suyuq bo‘lsa …

– Ko‘krak suti juda suyuq bo‘lsa, qanday yaxshilash mumkin?

Ko‘krak suti juda suyuq bo‘lsa

Nigora Raximova, shifokor-pediatr:

– Ko‘krak suti tarkibi go‘dakning ehtiyojiga bog‘liq, u suyuq, nobop yoki sifatsiz bo‘lishi mumkin emas. Bu bolalarni oziqlantirishga mo‘ljallangan tabiiy jismoniy suyuqlik. Sog‘ilgan sutingiz suyuqday tuyulsa, xavotirga o‘rin yuq. Chunki sutning boshlang‘ich miqdorida suv ko‘proq bo‘ladi va u bolaning chanqog‘ini qondirishga mo‘ljallangan. Emizgan sari sutning yog‘liligi ortib boradi va emizish so‘ngida go‘dak tarkibida yog‘ miqdori avvalgi qismiga qaraganda 10-20 marta oshgan sutdan bahramand bo‘ladi. Shunda sutning quyuq, oq, ba’zan sarg‘ishroq tusda ekanini ko‘rishingiz mumkin. Go‘dakni tez-tez emizib tursangizgina, sutning umumiy yog‘liligini oshira olasiz.

3 2 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x