KOKA-KOLA

«KOKA-KOLA» (ing. kola kukuni) — yaxna ichimliklar ishlab chiqaradigan jahondagi yirik kompaniya. Markaziy boshqaruv idorasi AQSHning Atlanta sh. da. Faoliyatini 1893-y. dan boshlagan. Asoschisi shotlandiyalik A. Kendtler (ichimlikni 1886-y. da dorishunos Jon Pamberton Atlanta sh. da ixtiro qilgan). «K.-K.» tovar belgisi — konturli shisha idish 1916-y. roʻyxatdan oʻtkazilgan (1977-y. bu idish «K.-K.» kompaniyasining tovar belgilaridan biri sifatida qayta roʻyxatdan oʻtkazildi).

1920-y. da «K.-K.»ni idishga quyib sotish Yevropada birinchi bor Fransiyada amalga oshirildi. 1923-y. da yagona i. ch. standartlari, kukunni aralashtirish tartibi, shisha idishlarni joylash qoidalari joriy qilindi va ichimlik boshqa mamlakatlarga eksport qilina boshladi. 1958-y. dan «Fanta», 1961-y. dan «Sprayt» ichimligi ishlab chiqarildi. 1977-y. dan ichimlik 2 l li plastik idishlarda savdoga chiqarildi. 1982-y. dan «Diet coke» — shakar oʻrniga shirinligi jihatdan uning oʻrnini bosadigan modda ishlatila boshlandi. 1991-y. «K.-K.» Moskva sh. da oʻz vakolatxonasini ochdi.

«K.-K.» kompaniyasi 200 xildan ortiq ichimlik, mas, «Fanta» ichimligining 70 xilini (limon, mandarin, greyfrut, kivi, qovun, tarvoʻz, mango va b. mevalar taʼmi, hidi b-n), 12 turdagi sharbatlar ishlab chiqaradi. Hoz. davrda «K.-K.» tovar belgisi dunyoda eng mashhur tovar belgilaridan hisoblanadi. «K.-K.» dunyodagi 200 dan ortiq mamlakatda sotiladi.

1993-y. ning okt. oyida Oʻzbekistonda «Koka-Kola Bottlers — Oʻzbekiston LTD» kompaniyasi tashkil qilindi. Kompaniyaning asosiy i. ch. kuvvatlari Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlarida, Xorazm viloyatida hamda Fargʻona vodiysida joylashtirilgan. Kompaniya «K.-K.» yetkazib bergan ichimlik kukunini (kukun retsepti sir saqlanadi) suvga aralashtirib, gazlashtirish, idishlarga quyish va ulgurji sotish bilan shugʻullanadi. Kompaniya «K.-K.», «Fanta», «Sprayt», «Fiyesta» ichimliklarni ishlab chiqaradi.

«Koka-Kola Bottlers — Oʻzbekiston LTD» kompaniyasida 1600 nafar xodim ishlaydi. Kompaniyaning i. ch. quvvati bir yilda 360 mln. dona 1,5 l li pla-stiklarda ichimliklar ishlab chiqarishni taʼminlaydi.

Sadir Salimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x