KOINOT

KOINOTmakon va zamonda bepoyon borliq, cheksiz moddiy olam. Har xil alohida jismlarni, ularning sistemalarini, moddalarning harakati jarayonida vujudga keladigan kosmik obyektlarni (Yerga Qaraganda bir necha mln. marta katta) oʻz ichiga oladi. Olamda sodir boʻladigan turli hodisalar oʻzaro bogʻliq va bir-birini taqazo etadi. Ular fazo va vaktga bogʻliq holda rivojlanadi. Bu aloqalarga boʻysunadigan qonuniyatlarni oʻrganish tabiatshunoslikning asosiy vazifasidir. Moddaning Koinotda makon va zamonda taqsimlanishi, turli kosmik jismlar va ularning tizimlari astronomiyada, Koinotning umumiy tuzilishi, oʻtmishi va kelajagiga oid masalalar kosmologiyada oʻrganiladi.

Jamiyat taraqqiyotining xar bir bosqichida insoniyat Koinotning biror chegarasini oʻrgana olgan. I. t. usullari va astronomik asboblar takomillashgan sari, Koinotni kuzatish chegaralari kengayib, tadqiqotlar yanada chuqurroq, insoniyat bilimi haqiqatga yanada yaqinroq boʻlib borgan. Dastlab, inson oʻzi yashab turgan joy va uning yaqin atrofini, osmonda koʻzga tashlanib turadigan jismlarni birgalikda Koinot deb tushungan. Yerning sharsimonligi maʼlum boʻlgandan keyin markazda Yer va uning atrofida aylanuvchi gʻoyat katta osmon gumbazi Koinot hisoblangan. Beruniy, Ulugʻbek, N. Kopernik, J. Bruno, G. Galiley, I. Kepler, I. Nyuton va b. ning ishlari Koinot haqida tasavvur hosil qilishda haqiqiy inqilob boʻldi hamda Yerning Koinot dagi vaziyati haqidagi, sayyoralarning harakat qonunlari haqidagi va b. fanlarga asos solindi. Quyosh sistemasi haqida haqiqatga birmuncha yaqin tasavvur vujudga keldi. 19-a. da rus astronomi V. Ya. Struve, nemis astronomi F. Bessel va b. olimlar Koinotni tadqiq etishda yangilik — yaqin yulduzlargacha boʻlgan masofani aniqlaydigan yangi sahifani ochdilar. Yulduzlarning sayyoralarga qaraganda koʻp marta uzoqligi aniqlandi. Galaktika haqida tushuncha paydo boʻddi. Faqat 20-a. 30-y. laridagina uning oʻlchamlari va tuzilishi haqida umumiy maʼlumotlar olindi. Bu davrda osmondagi tumansimon spiral va elliptik obyektlarning Galaktikadan tashqarida joylashganligi, ularning har biri Galaktikaga oʻxshash bir necha oʻn milliard yulduzdan tashkil topgan mustaqil galaktikalar ekanligi isbotlandi. Koinotni kuzatishdagi yangi texnik vositalar (kosmik zondlar, kosmik apparat) ning paydo boʻlishi yangi kashfiyotlarning yaratilishiga olib keldi. Mas, Yer, Oy, Venera, Mars, Merkuriy, Yupiter va ularni qurshab olgan fazolar haqida koʻpgina yangi maʼlumotlar olindi. Yer sunʼiy yuldoshlariщn foydalanish natijasida fanning amaliy tarmoqlari, xususan, kosmik yershunoslik — tabiiy muhit, yer resurslari, geogr., geol., okeanshunoslik va b. masalalarni oʻrganuvchi fanlar majmui vujudga keldi. Navbatda ularning birgalikda olingan sistemasi — Metagalaktikank oʻrganish muammosi turadi. Astronomik asboblar bizdan bir necha mlrd. yorugʻlik yili uzoqlikdagi obyektlarni kuzatish imkonini beradi. 1963-y. da kashf qilingan kvazarlar bundan xam uzoqda joylashgan. Koinotning oʻrganilayotgan qismi chegaralanganligi uning makon va zamonda cheksizligiga zid boʻlmay, fan va texnikaning ayni paytdagi taraqqiyot chegarasini belgilaydi.

Koinot dagi moddalarning asosiy tarkibi plazmadan iborat. Biroq, Koinotda oʻta zich tabiatli («qora oʻra»), shuningdek, asosan, aynigan gazlardan iborat boʻlgan obyektlar (neytron yulduzlar) ham bor. Yulduzlar va galaktikalarning oʻziga xos xususiyatlari uning sirtida portlashlar va moddalarning otilishi vaqtida yuqori faollik mavjudligi hisoblanadi (yangi yulduzlar, chaqnaydigan yulduzlar, yadrosi faol galaktikalar).

Yer materik jismlarining yoshi zamonaviy hisoblashlarga koʻra, oʻrtacha 4,6 mlrd. yilni, Quyoshniki — 5 mlrd. yildan ortiqni, Galaktikalarniki — 10 mlrd. yilni tashkil etadi.

Astronomiya fani Quyosh sistemasi, yulduzlar va galaktikalar olamidagi fizik qonuniyatlar va evolyutsiya qonunlari xamda sabablarini oʻrganmoqda. Koʻpgina kosmik jismlar va ular sistemalarining tarkib topish jarayonlari juda sekin — millionlab va milliardlab yil davomida boradi. Quyosh sistemasining kosmogoniyayechni oʻrgana borib, uning tuzilishi va jismlarning hosil boʻlish tarkibi haqidagi maʼlumotlarga asoslanish mumkin.

Ilgari, Koinot dagi barcha jismlar massasi, asosan, yulduzlarda toʻplangan, sayyoralar va mayda jismlar (kometa, meteor jism, gaz, chang va b.) uning ozgina qismini tashkil etadi deb faraz qilinar edi. Endilikda yulduzlarning paydo boʻlishi va taraqqiyotida galaktikalar yadrosi faol ahamiyati aniqlandi, noyob kvazarlar gravitatsion linzalar kashf qilindi Koinot massasining asosiy qismi galaktikada toʻplangan deyish mumkin. Galaktikalarning oʻzaro uzoqlashishi galaktikalar kachonlardir bir joyda toʻplangan oʻta zich jiyemdan iborat boʻlganligidan dalolat beradi.

Ad.: Agekyan T. A., Zvyozdы, galaktiki, Metagalaktika, 2 izd. M., 1970; Nuritdinov S. N., Koinot orollari, T., 1978; Nuritdinov S. N., Somon yoʻli fizikasi, T., 1989.

Mamadmuso Mamadazimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x