KOʻZ QOVOGʻINING QAYRILIB QOLISHI

KOʻZ QOVOGʻINING QAYRILIB QOLISHI — qovoqning koʻz soqqasiga nisbatan turish holatining oʻzgarishi. Koʻpincha qovoqning kipriklar b-n ichkariga — koʻz soqqasi tomonga yoki tashqariga qayrilishi kuzatiladi. Qovoqning ichkariga qayrilishi qovokda joylashgan aylanma muskulning spastik qisqarishi (blefarospazm) yoki togʻay va shilliq pardadagi chandiqlar tufayli roʻy beradi. Kipriklarning shilliq va shox pardaga muntazam ishqalanib turishi su-runkali konyunktivit, keratit va shox pardaning yarasiga olib keladi.

Qovoqning tashqariga qayrilib qolishi spastik, chandiqli, paralitik va qarilik tufayli boʻladi. Qovoqlar tashqariga qayrilganda koʻzdan yosh oqadi, qovoqning ichki qirrasi koʻzdan tashqariga siljib, shilliq parda tashqariga qarab qoladi. U qizaradi, qalinlashadi va yuzasi quriydi. Koʻz tirqishining butunlay bekilmasligi tufayli shox pardaning qurishi va xiralanishi rivojlanadi.

Davo koʻz vrachi nazorati ostida olib boriladi. Qovoq qayrilib qolishining asosiy sababini topib, dori-darmonlar va lozim boʻlganda plastik jarrohlik usullari qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x