Koʻp degan koʻp yangilur

Alisher Navoiy hikmatlaridan

 

  • Agar oting yoʻqtur, arpa gʻamin yemassan.
  • Barcha lazzatni tatdim, ofiyatdin chuchukrak sharbat topmadim.
  • Bilki, gadodur tama etgan kishi.
  • Vafosizda hayo yoʻq, hayosizda vafo yoʻq.
  • Gʻiybat deguchi – najosat yeguchi.
  • Yolgʻon aytquchi gʻaflatdadur.
  • Yolgʻonchi har necha soʻzida fasihroq, soʻzi qabihroq.
  • Yomonlargʻa lutfu karam – yaxshilarggʻa mujibi zararu alam.
  • Kimki, qanoatdan erur hujjati, yaxshi-yomonga yoʻq aning hojati.
  • Kishi taʼlimdan topsa malolat, topar ilm ahli ollinda xijolat.
  • Kishi oʻz madhin desa, chin dogʻi boʻlsa nopisanddur.
  • Koʻzni oʻz aybingdan olma va oʻzgalar aybigʻa koʻz solma.
  • Kulagach yuzlug xushaxloq nifoq kuduratidin boʻlgʻay yiroq.
  • Kulgu adab tarkiga belgu durur.
  • Koʻp degan koʻp yangilur.
  • Mazlumgʻa baxshoyish koʻrguzki, zolimdan osoyish koʻrgaysen.
  • Molligʻ nodonning demagi, oltunluq chibinning yemagi maʼlum.
  • Odamiyning yaxshirogʻi uldurkim, porsovu pok boʻlgʻay va haq soʻzni ayturda bevahmu bok boʻlgʻay.
  • Ozz demak hikmatqa bois va oz yemak sihhatqa bois.
  • Oqil chindin oʻzga demas, ammo barcha chinni ham demak oqil ishi emas.
  • Sabr bila koʻp bogʻligʻ ish ochilur, ishda oshiqqan koʻp toyilur, koʻp toyilgʻan koʻp yiqilur.
  • Soʻzi hisobsiz – oʻzi hisobsiz.
  • Tabiatka har neki odat boʻlur, chu eskirdi odat – tabiat boʻlur.
  • Takabbur shayton ishi, biyiklik nodon ishi.
  • Telba qulogʻigʻa pand – quyun oyogʻigʻa band.
  • Oʻzi poku koʻzi pokni inson desa boʻlur.
  • Ulki buyurub, oʻzi qilmagʻay – hech kimga foyda va asar aning soʻzi qilmagʻay.
  • Ulki, soʻzni bir yerdin yana bir yerga yetkurgay, elning oʻtkan gunohin oʻz boʻynigʻa indurgay.
  • Ulki, el koʻrmaguncha bermas, laimdur, saxiy ermas.
  • Xoʻb yirtuq toʻn bila ham xoʻb, gul yamogʻliq choponi bila mahbub.
  • Er kishikim, koʻp yasangʻay, xirad ahli aning aqlidin oʻsangʻay.

 

Orif Tolib toʻpladi.

https://saviya.uz/ijod/nasr/kop-degan-kop-yangilur/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x