Koʻk va qora choy: sizningcha, qay biri afzal?

Choy… choyxona… choylashaylik… bu soʻzlar oʻzida oʻzbek millatiga mansub anʼanalarni namoyon etadi. Mehmon kelsa choy uzatamiz, ovqatlangandan keyin choy ichishni kanda qilmaymiz, sovchilar qizning uyiga borishsa, uning choy uzatishiga qarab baho berishadi va hokazo. Qisqasi, biz uchun suvdan keyin turadigan ichimlik bu – choy. Shunday ekan, choyga oid baʼzi maʼlumotlarni bilib qoʻysak, foydadan xoli boʻlmaydi.

Koʻpchilikni qiziqtiradigan savol:

“Qora choy foydalimi yoki koʻk choy?!”

Ilmiy tekshiruvlardan shu narsa maʼlumki, qora choy tayyorlanish vaqtida uning foydalilik xususiyati ikki marta qisqaradi. Biroq bu – qora choy ichish foydasiz degani emas. Vaziyatga qarab, koʻk va qora choy bir-birini toʻldiruvchi damlamalar sifatida qoʻllaniladi. Diyetologlar tushlik vaqtigacha qora choy ichishni, tushlikdan keyin koʻk choyni tavsiya etishadi. Tushlikkacha organizm tetik holatda saqlanadi, kechasi esa organlarimiz toksinlardan tozalanishi zarur.

Koʻk va qora choylardagi efir moddalarning vaqt oʻtgan sayin tarkibining oʻzgarishi, choylarning qaysi vaqtda ichilishini hamda taʼsirini belgilab beradi:

  • Choyni damlagandan 2 daqiqa ichida ichish, odamni tinchlantiradi;
  • 5 daqiqa oraligʻida ichish, ish qobiliyati tiklanishini taʼminlaydi;
  • Undan keyingi vaqtlarda choyni isteʼmol qilish, asosan, chanqoqni qoldiradi.

Qora choyning foydali xususiyatlari:

  • Ilmiy tadqiqot xulosalariga koʻra, qora choy tarkibidagi polifenollar ogʻiz boʻshligʻi kasalliklari, toshma va stomatit yaralaridan himoya qiladi.
  • Yevropalik olimlar kun davomida 3-4 piyola choy ichadiganlarda yurak xastaliklarining yuzaga kelish xavfi 21 foizga kamayishini isbotlashgan. Toʻgʻri, qora choyni achchiq damlab ichish tavsiya etilmaydi. Ammo meʼyorida boʻlsa, xavotirga oʻrin yoʻq.
  • Qora choydagi polifenol hamda katexin antioksidantlari saratonning ayrim turlari uchun profilaktika vazifasini oʻtaydi. Yevropalik olimlar tadqiqoti xulosasi qora choy isteʼmol qiladigan ayollarda bachadon saratonining yuzaga kelish xavfi boshqalarga nisbatan kamroq ekanligini koʻrsatgan.

Koʻk choyning foydali xususiyatlari:

  • Fermentatsiya qilinmagani uchun koʻk choyning foydali xususiyatlari koʻproq: A, B, B1, B2, B15, K, P darmondorilari, ftor, kaliy, mis, rux, sink kabi moddalarga boy (ularning turi 300dan oshadi);
  • Tarkibidagi antioksidantlar erta qarishdan asraydi. Tarkibidagi kofein moddasi tetiklashtiradi;
  • Tanadagi zaharli moddalarni chiqarib yuboradi, onkologik xastaliklar xavfini pasaytiradi, qalqonsimon bez faoliyatini barqarorlashtiradi;
  • Koʻk choy tishlar uchun ham foydali, viruslarga qarshi kurashuvchi hisoblanadi;
  • Choy bilan yuzdagi yogʻlar yuvib tashlansa, yoqimsiz yaltiroqlikdan xalos boʻlish mumkin.

 

od-press.uz

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x