KOʻRSICHQONLAR

KOʻRSICHQONLAR (Ellobius) – kemiruvchilar turkumiga mansub hayvonlar urugʻi. Tanasi gʻoʻlasimon, oʻz. 13 sm gacha, dumi 0,5—2,2 sm. Yevrosiyoning choʻl va dashtlarida tarqalgan; togʻlarda 4000 m gacha balandlikda uchraydi. Tuzilishi yer ostida yashashga moslashgan. Juni yumshoq va silliq. Boshi katta, quloq suprasi yoʻq, koʻzi juda kichkiva va jun b-n qoplangan. Koʻrak tishlari ogʻzidan chiqib turadi (yer kazishga moslashgan). Panjalari qisqa va baquvvat. Uyasi uzun, murakkab va chukur, asosiy yoʻli 100 m cha, undan har tomonga oʻz. 20—50 m li qoʻshimcha yoʻllar ketadi. Choʻl Koʻrsichqonlar ining yezda faoliyati ancha pasayib, yerni kovlashdan toʻxtaydi. Koʻrsichqonlar oʻsimliklarning yer osti qismi bilan oziqlanadi. Qishga oziq gʻamlaydi. Yi-liga ikki marta 3—5 tadan bolalaydi. Bitta uyada 10—15 tasi birga yashaydi. Oʻsimlik ildizini qirqib, qishloq xoʻjaligiga ziyon keltiradi. Oʻzbekistonda oddiy Koʻrsichqonlar (Ye. talpinus) tarqalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x