KLERMON-FERRAN

KLERMON-FERRAN — Fransiyaning markaziy qismidagi shahar. Als daryosi vodiysida, Pyui-de-Dom departamentining maʼmuriy markazi va Overn tarixiy viloyatining bosh shahri. Aholisi 141 ming, shahar atrofi b-n 204,7 ming kishi (1999). Transport yoʻllari tuguni. Mamlakatda rezina buyumlar (avtomobil shinalari, poyabzal, texnik rezina va b.) i. ch. ning yirik markazi. Metallsozlik, mashinasozlik, toʻqimachilik, poligrafiya, qogʻoz, kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. K.-F. — fransuz matematigi va fizigi B. Paskalning vatani. Un-t (1810-y. dan), arxeologiya muzeyi bor. 11 —13-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. Shahar yaqinida Ruayya balneologik kurorti joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x