KISLOROD-KONVERTER JARAYONI

KISLOROD-KONVERTER JARAYONI — konverterlaraa suyuq choʻyanga texnik jihatdan toza kislorod yuborib, poʻlat i. ch. jarayoni; konverterda ishlab chiqarish usullaridan biri. Sanoatda birinchi marta 1952-y. da Avstriyada sinab koʻrilgan. K.-k. j. da qayta ishlanadigan oddiy marten choʻyanidan, baʼzan tarkibida fosfor koʻp boʻlgan, marganetsi yoki vanadiysi koʻp boʻlgan choʻyandan foydalaniladi. Konverterga suyuq choʻyandan tashqari 20—0% temir-tersak, ohak, boksit, shpat, kamdan-kam temir rudasi solinadi. Suyuq choʻyan solingan konverterga 1—1,6 MPa bosim ostida boʻgʻzi orqali yuqoridan kislorod beriladi. Bunda, odatda suv bilan sovitiladigan furmadan foydalaniladi. Kislorod berish 12—20 min., eritish sikli esa 30—45 min. davom etadi. Choʻyandagi qoʻshilmalar (uglerod, kremniy, marganes va b.) ning kislorod bilan oksidlanishi natijasida choʻyan poʻlatga aylanadi va oʻzidan issiqlik ajratadi. Natijada metall suyuq holatda qoladi. Poʻlatni oksidsizlantirish yoʻli bilan poʻlatdagi ortiqcha kislorod kamaytiriladi. Bunda oksidsizlantirgich sifatida kremniy, marganes, alyuminiy, shuningdek, kalsiy, seriy, titan, magniy, koʻzgu choʻyanidan foydalaniladi. Oksidsizlantirish mahsulotlari shlakka aylanadi va undagi zararli qoʻshilmalar (oltingugurt va fosfor) yuqotiladi. K.k. j. ning konverter tubida joylashgan furma orqali suyuq choʻyanga havo berish turi ham bor. Bunda tutun kam chiqadi, yarokli poʻlatlar koʻproq ajraladi, i. ch. ning tezlashish imkoni katta boʻladi. Biroq, qoʻshilmalar shlakka sekin aylanadi, poʻlat tarkibida vodorod koʻproq boʻladi. 100—350 t suyuq choʻyan solinadigan kislorod konverterlari bor. K.-k. j. marten pechlaridagiga nisbatan tez oʻtadi. Barcha boshqaruv EHM da bajariladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqariladigan poʻlatning 70% dan ortigʻi K.-k. j. bilan eritib olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x