KISHTUT

KISHTUTSurxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi daryo. Toʻpolondaryoning yirik chap irmogʻi. Hisor tizmasining jan.-gʻarbiy yon bagʻridagi kichik moʻzlikdan boshlanadi. Oʻz. 50 km, havzasining mayd. 719 km2. K. yon bagʻirlari baland va tik, ayrim joylarda tor vodiyda, nishabi katta oʻzanda oqadi. Etak qismida vodiysi kengroq, yon bagʻirlari ham ancha past va yotiq. Kishtut havzasida yogʻin koʻp yogʻadi, kichik muzliklar ham bor. Oʻrtacha yillik suv sarfi 18 m3/sek. Qor va moʻzliklardan hamda yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Suvi fev. oxiridan koʻpaya boshlaydi, may — iyunda eng koʻp boʻladi, iyuldan yanv. oxirigacha kamaya boradi. Kishtut suvi Toʻpo-londaryoga qoʻshilib Surxon vodiysidagi yerlarni sugʻorishga sarflanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x