KINOLOGIYA

KINOLOGIYA (yun. kyon — it va …logiya) — itlar toʻgʻrisidagi fan. K. itchilikning ilmiy asosini tashkil etadi. Kinologiya itlarning evolyutsiyasi, zotlari, anatomiyasi, fiziologiyasi, shu jumladan, oliy nerv sistemasi, xattiharakatlari, seleksiyasi, ularni urchitish, oziqlantirish, saqlash, oʻrgatish va ov, krrovul, qidiruv, bojxona, chegara va b. xizmatlarda foydalanish masalalarini oʻrganadi. Fan sifatida 19-a. ning 2-yarmida vujudga kelgan.

Koʻpgina Yevropa mamlakatlarida va AQSHda Kinologiya tashkilotlari ish olib boradi. Oʻzbekistonda Kinologiya masalalarini ilmiy oʻrganish rus ofitserlar ovchilik jamiyatlari va itchilik klublari tashkil etilgan 20-a. boshlariga toʻgʻri keladi. 1927-y. da Oʻzbekiston ov itlari shajara daftari joriy qilingan. DOSAAF Oʻzbekiston boʻlimi hoʻzurida 1937-y. dan Kinologiya kengashi faoliyat koʻrsatdi. 1992-y. may oyida Oʻzbekiston Kinologiya federatsiyasi tashkil etildi. Oʻzbekistonda respublika davlat bojxona qoʻmitasining milliy Kinologiya markazi, Milliy xavfsizlik xizmatining naslchilik pitomnigi va Toshkent sh. Ichki ishlar bosh boshkarmasining naslchilik pitomnigida Kinologiya nazariy masalalari oʻrganiladi, itchilikka oid naslchilik ishlari, itlarni amaliy maqsadlarda foydalanishga tayyorlash, yangi it zotlarini yetishtirish, ularni sinovdan oʻtkazish, shajara va naslchilik daftarlarini yuritish ishlari olib boriladi. Kinologiya koʻpgina mamlakatlarda zootexniya hamda veterinariya oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining dasturlariga kiritilgan (yana q. Itchilik).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x