Kindik churrasi homilador ayol uchun xavflimi?

Cheksiz quvonch taqdim etuvchi homiladorlik davrining o‘ziga yarasha qiyinchiliklari ham yo‘q emas. Shishlar, bosh og‘rig‘i, boshqorong‘ulik, qon bosimining oshishi, qorin terisidagi tirtiqlar deyarli har bir homilador ayol uchun tanish holatlardir. Ayrim ayollarda esa homila kattalashib borgani sari qorin bo‘shlig‘i devori mushaklari o‘z tarangligini yo‘qotib, kindik churrasi paydo bo‘lishiga moyillik tug‘diradi. Bu holat homilador ayol uchun xavfli emasmi? Keling, shu haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz.

Kindik churrasi kelib chiqishining sabablari

Kindik churrasi homilador ayollarda keng tarqalgan holat bo‘lib, ko‘pincha u quyidagi sabablar tufayli yuzaga keladi:

Churra belgilari

  • Kindikning shishib, qorin bo‘shlig‘idan tashqariga chiqib qolishi;
  • Vaqti-vaqti bilan qorinda shar yorilgani kabi ovozlarning paydo bo‘lishi;
  • Kindik va uning atrofiga tekkanda og‘riq sezilishi.

Homiladorlikda churra​ xavflimi?

Agar kindik churrasining siqilib qolish holati yuz bermasa, uning homiladorlikka hech qanday zarari yo‘q. Ayolning qorin qismida og‘riq sezilmasa, jiddiy xavotir bu yerda o‘rinsiz sanaladi. Buning uchun avvalo shifokor ko‘rsatmalariga amal qilish lozim. Kamdan-kam hollarda churra teri orasida siqilib qolib, ayolga azob berganida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi mumkin.

Nima qilish lozim?

  • Muhimi, ginekolog, terapevt hamda jarroh ko‘rigidan o‘ting!
  • Qorinning kindik qismini berkitib, qorinni tepaga ko‘tarib turadigan homiladorlar uchun maxsus bandaj taqish shart. Aynan shu bandaj kindikning tashqariga chiqib ketmasligi va siqilib qolmasligi uchun asosiy profilaktik chora hisoblanadi;
  • Tug‘ruqdan so‘ng majburiy ravishda bandaj taqish lozim;
  • Shifokor bilan maslahatlashgan holda qorin bo‘shlig‘i devori mushaklarini mustahkamlovchi jismoniy mashq hamda uqalash muolajasini olib borish kerak.

Kindik churrasi siqilib qolsa…

Buni aniqlash uchun, chalqanchasiga yotib, kindikni nazorat qilish kerak. Agar u yotgan holatingizda ichkariga kirsa, demak, u siqlib qolmagan. Ammo churra shishi yo‘qolmasa, ichaklar mushaklar orasida hosil bo‘lgan tirqishga tiqilib qolgan bo‘lishi ham mumkin. Og‘riq kuzatilsa-kuzatilmasa, bunday vaziyatda, albatta, mutaxassisga uchrash lozim. Churra siqilib qolgan aksariyat hollarda kindik atrofida og‘riq, ko‘ngil aynishi, qayt qilish hamda jig‘ildon qaynashi kuzatiladi. Ularga aslo befarq bo‘lmang.

Homiladorlikda churrani davolash choralari

Sog‘lom odamda kindik churrasini davolashning asosiy yo‘li jarrohlik amaliyoti sanaladi. Biroq homiladorlikda jarrohlik amaliyoti tavsiya etilmaydi, negaki bu muolaja davomida qo‘llaniladigan dori vositalari ona va bolaning salomatligiga xavf solish ehtimoli yuqori. Odatda tug‘ruqdan keyin kindik churrasi o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketadi. Maxsus bandajlar taqish bu vaziyatni yanada tezlashtiradi, chunki u qorin mushaklariga tushayotgan og‘irlikni biroz kamaytiradi. Bandaj taqishdan avval shifokor bilan maslahatlashish zarur. Shu bilan birga keyingi homiladorlikni rejalashtirishdan oldin jarroh ko‘rigidan o‘tishni ham unutmang. Chunki jarrohlik amaliyotisiz davolangan churra yana qayta paydo bo‘lishi mumkin.

O‘zingizni arsang, salomatligingiz o‘z qo‘lingizda!

Ekspert: Zumrad SOBIROVA, ginekolog.
Jurnalist: Dilnoza MIRTOLIPOVA.
Manba: Sug‘diyona gazetasi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x