KIMYOVIY MELIORATSIYA

KIMYOVIY MELIORATSIYAkimyo viy yoʻl bilan tuproqning xususiyatlarini yaxshilash va q. x. ekinlarining hosildorligini oshirish tadbirlari tizimi. Kimyoviy melioratsiyada tuproqning ildiz tarqaladigan qatlamidan ekinlar uchun zararli tuzlar ketkaziladi; nordon muhitli tuproqlarda vodorod va alyuminiy, shoʻrtob tuproqlarda natriy (ularning tuproq singdirish majmuida boʻlishi tuproqning kimyoviy, fizik-kimyoviy va biologik xususiyatlarini yemonlashtiradi va unumdorligini pasaytiradi) mikdori kamayadi.

Kimyoviy melioratsiya qadimgi davrdan maʼlum, lekin uning samarali usullarini atroflicha ishlab chiqish va izlanishlar 19-a. da boshlandi. 20-a. da Kimyoviy melioratsiyaning asosiy usullari: tuproklarni ohaklash, gipslash va nordonlashtirish nazariyalari yaratildi. Tu proqni ohaklash or-qali q. x. ekinlariga taʼsir etadigan zaharli ortiqcha tuproq nordonligi yoʻqotiladi va tuproq unumdorligi oshiriladi; asosan, gleylanish izlari boʻlgan podzol va chimli-podzol tuproqlarda qoʻllanadi; tuproqning fizik xususiyatini yaxshilaydi. T u p r o q ni gipslash tuproqning haddan tashqari ishqoriyligini, shoʻrtobligini ketkazadi; shoʻrtoblarda gips taʼsirida singdirilgan natriy kalsiyga almashinadi; solodlar va solodlashgan shoʻrtobli tuproqlar Kimyoviy melioratsiyasi tuproqqa (SaSON)2 solib, vodorod ionini kalsiyga almashtirib, kolloid kompleksini mahkamlashdan iborat. Tuproqlarni nordonlashtirish da oʻnga nordon kimyoviy moddalar: sodali shoʻrtob tuproklarda kalsiy birikmalarining erishini oshiradigan va sodani neytrallaydigan sulfat kislota, oltingugurt, temir sulfat, alyuminiy sulfat va b. solinadi. Shuningdek, tuproq xususiyatlarini tubdan yaxshilashga olib keladigan organiq va mineral oʻgʻitlarni katta dozalarda solish ham Kimyoviy melioratsiyaga kiradi. Kimyoviy melioratsiyaning muhim vositalaridan biri — ildiz tarqaladigan qatlamni oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan xrlatdagi fosfor bilan boyitishdan iborat.

Kimyoviy melioratsiya dehqonchilik madaniyati yuqori boʻlgan, oʻsimliklar oʻzining normal oʻsishi va rivojlanishi uchun zarur suv, oziq moddalari va b. omillar bilan yetarli darajada taʼminlangan sharoitda yaxshi samara beradi. Kimyoviy melioratsiyani melioratsiyaning boshqa turlari — sugʻorish, suvni qochirish, tuproq eroziyasiga qarshi kurashish, shoʻr yerlarni yuvish bilan birgalikda qoʻshib olib borish maqsadga muvofiq.

Sobir Aeimboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x