KIMIRAKQUM

KIMIRAKQUMZarafshon daryosi quyi oqimining jan.-gʻarbidagi qumli choʻl. Buxoro viloyatining Qorakoʻl va Jondor tumanlari hududida. K. Amudaryoning oʻng sohilidan boshlanib, shim. da qurib qolgan Mohondaryo oʻzanigacha davom etadi. Sharkda Buxoro va Qorakoʻl vohalariga tutashadi. Zarafshon daryosining qad. deltasida joylashgan. Relyefi murakkab. Balandligi jan.-gʻarbda 100—105 m, shim. da 203 — 226 m. Eol qumlarining barxanli va marzali shakllari uchraydi. Barxanlarning nisbiy bal. 2—7 m, doʻng qumniki — 2 — 5 m. Oʻtmishda choʻldagi buta va yarim butalarni oʻtin sifatida qirqish, tartibsiz mol boqishhududning qum bosishiga sabab boʻlgan. Endilikda harakatdagi qumlarni mustahkamlash natijasida qum koʻchishi bir qadar kamayib bormoqda. Kimirakqumni bir necha quruq oʻzanlar (Zarafshon daryosi tarmoqlari), Mohondaryo va Gurdush sharkdan gʻarbga kesib oʻtgan. Ulardan vohaning tashlama suvlarini Amudaryoga oqizishda foydalanilmokda (Shim. va Porsonkoʻl tashlamalari). Zovur suvlarining toʻplanishi natijasida Shoʻrkoʻl, Qoraqir, Shoʻrxok, Madonkoʻl vujudga keldi, Zamonbobo koʻli suv bilan toʻldi.

Qumdan xoli joylarda yalang qumoqli, pastqamliklarda taqirli, toshloqli, balandroq hududlarda boʻzqoʻngʻir tuproqlar, botiqroq joylarda shoʻrxoklar vujudga kelgan. Shoʻrxoklarning katta maydonlari Mohondaryo vodiysida. Tuproklarning xususiyatlariga mos ravishda turli choʻl oʻsimliklari tarqalgan. Qumliklarda oq saksovul, cherkez, juzgʻun, qoʻngʻirbosh, iloq va b., shoʻrxoklarda bir yillik shoʻralar, yulgʻun, vohaga tutash joylardagi tuproqlarda qora saksovul, yulgʻun oʻsadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x