KICHIK VA OʻRTA BIZNES

KICHIK VA OʻRTA BIZNES — mustaqil mulk egaligiga, xoʻjalik faoliyatini mustaqil tashkil etishga asoslangan va oʻz tarmogʻida hukmron mavqe tutmaydigan biznes. Turli mamlakatlarda Kichik va oʻrta biznes va oʻ. b. subyektlari maqomini belgilab beruvchi mezonlar sifatida korxonada band boʻlgan ishlovchilar soni, korxonaning tovar aylanmasi, aktivlar, kapitallar, foyda mikdori va b. koʻrsatkichlardan foydalaniladi. Mas, AQSHda koʻpgina tarmoqlarda ishlovchilar soni 100 kishidan, ishlov beruvchi sanoatda 500 kishidan kam xodimlar ishlaydigan korxonalar kichik biznesga kiritiladi.

Oʻzbekiston K. va oʻ. b. subyektlarini aniqlashda korxonada ishlovchilar soni mezon qilib olingan. Kichik biznesga, mulk shaklidan qatʼi nazar, yiliga sanoat korxonalarida oʻrta hisobda 10 nafargacha, savdo, xizmat koʻrsatish va b. i. ch. dan tashqari sohalarda 5 nafargacha ish bilan band xodimga ega boʻlgan mikrofirmalar; i. ch. sohasida yiliga oʻrta hisobda 40 nafargacha, qurilish, q. x. va boshqa i. ch. sohalarida 20 nafargacha, ilm-fan, ilmiy xizmat koʻrsatish, chakana savdo hamda boshqa i. ch. dan tashqari sohalarda 10 nafargacha ish bilan band xodimga ega boʻlgan kichik korxonalar kiradi. Kichik korxonalar uchun yiliga belgilangandan ortiq, lekin i. ch. sohasida 100 nafardan, qurilishda 50 nafardan, q. x. va b. i. ch. sohalarida, ulgurji savdoda 30 nafardan, chakana savdo, xizmat koʻrsatish hamda boshqa noishlab chiqarish sox. alarda 20 nafardan oshmaydigan ish bilan band xodimga ega boʻlgan korxonalar oʻrta biznes korxonalari qisoblanadi.

Kichik va oʻrta biznes va u. b. rivojlangan va rivojlanayotgan har qanday mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega. Kichik va oʻrta biznes va oʻ. b. sharoitga tez moslashuvchanlik bilan ajralib turadi, uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish katta miqdordagi dastlabki kapitalni talab qilmaydi. Kichik va oʻrta biznes va oʻ. b. yirik biznes uchun qulay boʻlmagan sohalarda avj oladi. Kichik va oʻrta biznes va oʻ. b. kichik bozorlarda faoliyat olib borish, mahalliy resurslardan foydalanish, ishsizlik muammosini xal qilish, mehnat unumdorligini oshirish, oʻrta mulkdorlar qatlamini shakllantirish va ichki bozorni isteʼmol tovarlari bilan toʻldirishda muayyan afzalliklarga ega. Kichik korxonalar odamlarda sohibkorlik, tadbirkorlik, mulkka egalik qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish, ularda ishbilarmonlik koʻnikmalarini hosil qilish va rivojlantirish vositasi hisoblanadi. Oʻzbekistonda Kichik va oʻrta biznes va oʻ. b. tarixiy ildizga ega. Bu yerda azaldan hunarmandchilik rivojlangan. Toʻqimachilik, kosibchilik, kulolchilik, amaliy sanʼat, ganchkorlik, temirchilik, oʻymakorlik bilan shugʻulla-niladigan kichik-kichik ustaxona va doʻkonlar koʻp boʻlgan. Oʻzbekistonda mavjud Kichik va oʻrta biznes va oʻ. b. korxonalari sanoat, qurilish, savdo, maishiy, tibbiy, transport xizmatlari koʻrsatish, ilmiy, texnikaviy axborot xizmati sohalarida, q. x. da faoliyat koʻrsatadi. Kichik va oʻrta biznes va oʻ. b. ni qoʻllabquvvatlashga xizmat qiladigan sugʻurta kompaniyalari, injiniring va lizing xizmati tashkilotlari mavjud. Kichik va oʻrta biznes va oʻ. b. korxonalariga koʻmaklashadigan Respublika va hududiy miqyosda faoliyat olib boruvchi Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, «Biznes-fond», «Madad» sugʻurta kompaniyasi tashkil qilingan. Kichik va oʻrta biznes va oʻrta korxonalar uchun soliq imtiyozlari, imtiyozli kredit ajratish tizimi ham mavjud.

Kichik va oʻrta biznes va oʻ. b. korxonalari fukarolar, oila aʼzolari va b. hamkorlikda mehnat yurituvchi shaxslar, davlat, idora, jamoa, qoʻshma korxonalar, jamoat tashkilotlari, shirkat, hissadorlik jamiyatlari, xoʻjalik uyushmalari, oʻrtoqlik tashkilotlari, yuridik tashkilot maqomiga ega boʻlgan korxona va tashkilotlar tomonidan tashkil etilishi mumkin. Oʻzbekistonda roʻyxatga olingan Kichik va oʻrta biznes va oʻ. b. korxonalarining soni 202 mingtaga yetdi. Ularning 57,7% i. ch., 42,3% noishlab chiqarish tarmoqlariga toʻgʻri keladi. Ular ishlab chiqargan mahsulot mamlakat YAIMning 24,5% ni tashkil etdi, jami ish bilan band aholining 53% shu biznes sohasida ishladi (2002). Oʻzbekistonda Kichik va oʻrta biznes va oʻ. b. iqtisodiy va huquqiy munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida» (1999-y. 14 apr.) va «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida» (2000-y. 25 may) qonunlari bilan tartibga solinadi.

Shonazar Ermamatov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x