KEMA DVIGATELI

KEMA DVIGATELI — kemaning harakatlanishini (asosiy) yoki uning elektr generatorlari, nasoslari, ventilyatorlari va b. ni ishlatishni (yordamchi) taʼminlaydigan qurilma. Dastlabki Kema dvigateli bugʻmashinasi boʻlgan. Hozir dizel, bugʻ turbinasi va gaz turbinasi K. d. boʻlib xizmat qiladi. Koʻpincha, turli tipdagi kemalarda dizellar (asosii va yordamchi dvigatel) lardan foydalaniladi. Bu esa barcha tipdagi Kema dvigateli ichida eng tejamlisi hisoblanadi. Bugʻ turbinalari yirik tankerlar, gaz va konteyner tashigichlar, yadro kuch qurilmali kemalar va b. da, gaz turbinalari harbiy kemalar, suv osti qanotli, havo yostigʻida harakatlanadigan kemalarda asosiy dvigatel sifatida qoʻllaniladi. Kema harakatlantirgichini ishlatish uchun asosiy Kema dvigateli eshkak vinti b-n bevosita yoki reduktor orqali biriktiriladi. Baʼzi kemalarda Kema dvigateli eshkak vintining asosiy generatori va elektr dvigateli bilan elektrik tutashtirilgan. Kichik kemalarda Kema dvigateli bir vaqtda eshkak vintini ham, elektr generatorini ham aylantiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x