KAYKOVUS CHORBOGʻI

KAYKOVUS CHORBOGʻI — shayboniylardan Suyunchxoʻjaxon tomonidan Toshkentda bunyod etilgan chorbogʻ (1525). Toshkent hokimlarining qarorgohi hamda jangda yarador boʻlgan oʻzbek sultonlari davolanadigan shifoxona boʻlgan. «Abdullanoma»la keltirilgan maʼlumotga koʻra, 16-a. da Toshkentdagi Kaykovus arigʻi boʻyida (shahar qoʻrgʻoni tashqarisida) «Kaykovus bogʻi» boʻlganligi va bogʻda Toshkent sultonlari yashaganligi aytiladi. Vosifiyning «Badoye ul-vaqoye» asarida keltirilgan maʼlumotlarga qaraganda, Kaykovus chorbogʻida shoirlar, musiqachilar va b. oʻz sanʼatlarini namoyish etishgan. Bu bogʻda daraxt va gullarning turli-tuman navlari, mevasiz, manzarali daraxtlar koʻplab ekilgan. Soyasida yozning issiq kunlarida dam olishgan. Yogʻochidan qurilishlarda foydalanilgan. Ayniqsa, Samarqanddan keltirilgan kumushrang terak, qayragʻoch va b. daraxtlar mashhur boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x