KARNALLIT

KARNALLIT (nemis kon muhandisi R. Karnall nomidan) — xloridlar kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi KMgCl3 • 6N2O. Tarkibida magniy (8,7%), kaliy (14,1%), xlor (38,3%), suv (38,9%) hamda ozroq seziy, rubidiy, galliy (0,01% gacha) va brom (0,2% gacha) bor. Romb singoniyali. Sof Karnallitning kristallari shaffof, qizil, sariq, pushti va qoʻngʻir rangli. Shishadek yaltiroq, qattiqligi 2,5. Zichligi 1600 kg/m3. K kuchli gigroskopik, havo na-midan parchalanadi. Hosil boʻlishi xemogen. K. Tepaqoʻrgʻon (Oʻzbekiston), Solikamsk, Kaluga (RF), Shtasfurt (Germaniya), Gugurttogʻ, Karluq (Turkmaniston)dagi tuz konlarida bor. Oʻgʻit sifatida, namakoblari fotografiya va tibbiyotda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x