KARIB TILLARI — indeys tillari oilasiga mansub tillar guruhi. Taxm. yuzdan ortiq tillarni oʻz ichiga oladi. Jan. Amerikadagi Gayana, Surinam, Fransiya Gvianasi, Venesuela va qisman Kolumbiya va Braziliya hududlarida tarqalgan. Karib tillarida taxm. 170 ming kishi soʻzlashadi (1992). Genetik tasnifi ishlanmagan. Fonologik tizimida undoshlar kam, faqat portlovchi jarangli jarangsiz va sirgʻaluvchi jarangsiz undoshlar mavjud. Unli tovushlar katorida choʻziq burun unlilari va diftonglar bor.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые